AVIATSIYA METEOROLOGIYASI

AVIATSIYA METEOROLOGIYASI -meteorologiya amaliy bo’limi. Atmosfera hodisalarining samolyot va boshqa uchish apparatlari faoliyatiga ta’sirini o’rganadi. Samolyotlarning uchishi, ko’tarilishi va ayniqsa qo’nishiga bulut, kuchli shamol, elektr razryadlari, tuman, yaxmalak, chang-to’zon va boshqa hodisalar ta’sir qiladi. Shu hodisalarga doir ma’lumotlar maxsus aviameteorologiya markazlarida olinadi. Aeroportlarda esa aviameteorologiya stansiyalari tashkil qilinadi.