Avitellinozlar nimani anglatishini bilasizmi
Avitellinozlar nimani anglatishini bilasizmi – avitellina urug’iga mansub tasmasimon chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklar guruhi. Avitellinozlar qo’ylar (ayniqsa, qo’zilar) va tuyalar orasida uchraydi. Chorva mollarining avitellinoz bilan zararlanishi va qirilishi bahor hamda kuz fasllarida ayniqsa kuchayadi. Avitellinoz bilan zararlangan mollarda kasallik alomatlari to’satdan paydo bo’ladi. Hayvon gandiraklaydi, boshini orqaga tashlaydi, tomiri tortishadi, tishini g’ijirlatadi, ba’zan ichi ketadi. Abitellinozlar borligi shubha qilingan xo’jaliklarda hayvonlar veterinariya xodimlar ko’rsatmasiga muvofiq degelmintizatsiya qilinadi.



