AVRAN

AVRAN, safro o’t (Gratiola) — sigir quyruqdoshlarga mansub o’tlar turkumi. 24 turi bor. Asosan Yevropa, Kichik Osiyo, Sibir va shimoliy Amerikaning botqoq yerlarida tarqalgan, O’zbekistonning Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida (ariq bo’ylarida, sholikorlik va boshqa zax yerlarda) uchraydi. Ayrim turlari (masalan, dorivor Avran)ning ildizida ich suruvchi, qustiruvchi, siydik haydovchi xususiyatga ega moddalar bor. Avran zaharli o’simlik.