AVSTRALIYA –ANTARKTIDA KO’TARILMASI

AVSTRALIYA –ANTARKTIDA KO’TARILMASI — Hind okeani Janubiy — sharqidagi suv osti ko’tarilmasi, okean o’rta tizmalaridan biri. Markaziy Hind tizmasi Janubiy qismini Janubiy Tinch okean ko’tarilmasi bilan birlashtiradi. Uzunligi qariyb 6500 kilometr, eni 800 kilometrgacha, eng baland joyida dengizning chuqurligi 1689 metr. Yuzasi aksari alevritgilli balchiq bilan qoplangan.