AVSTRALIYA –ANTARKTIDA SOYLIGI

AVSTRALIYA –ANTARKTIDA SOYLIGI — Hind okeanining Janubiy- Sharqiy qismidagi suv osti soyligi, Antarktida yaqinida. Shimol va sharqdan Avstraliya-Antarktida ko’tarilmasi, Janubdan Antarktida materik yon bag’ri, g’arbdan Kergelen suv osti tizmasi bilan chegaralangan. Uzunligi 4500 kilometr, eni 1500 kilometr; aksari qismining chuqurligi 4000-5000 metr, eng chuqur joyi — 6089 metr (Kergelen tizmasi yaqinida).