AVSTRALIYA MERINOSI

AVSTRALIYA MERINOSI — mayin junli qo’y zoti. 18-asrda Avstraliyada olingan. Avstraliya merinosi qo’chqorlarining o’rtacha vazni 60-70 kilogramm, sovliqdariniki 35— 40 kilogramm, qo’chqorlaridan 5,5—6,5 kilogramm, sovliqlaridan 4-5 kilogramm jun qirqib olinadi. 50-60% toza jun chiqadi. Jun tolasining uzunligi — 7,5 santimetr (ayrim tiplarida 10 santimetrgacha), ingichka, yaltiroq, undan mayin mato to’qiladi. Ko’p mamlakatlarda Avstraliya merinosidan qo’y zotlarini yaxshilashda foydalaniladi. O’zbekistonda boqiladigan groznen qo’y zoti Avstraliya merinosi bilan chatishtirishdan olingan.