AVSTRIYA-ITALIYA-FRANTSIYA URUSHI

AVSTRIYA-ITALIYA-FRANTSIYA URUSHI (1859) — Sardiniya (Italiya) va Frantsiyaning Avstriyaga qarshi urushi. Avstriya Italiyaning Lombardiya, Venesiya viloyatlarini o’z hukmronligida saqlab kelayotgan edi. 1858 yil iyul oyida Frantsiya bilan Pemont (Napoleon III va Pemont bosh vaziri o’rtasida Avstriyaga qarshi birgalikda urushish uchun Italiya chegarasi yaqinidagi Plomberda maxfiy bitim imzolandi. Bu bitimga ko’ra, Pemont qirolligi Avstriyadan Lombardiya va Venetsiyani ozod etishda yordam berganligi evaziga Savoyya va Nissa viloyatlarini Frantsiyaga berishga rozi bo’ldi. Avstiya-Italiya-Fransiya urushi 1859 yil 29 aprelda boshlandi. Urushda Avstriya katta mag’lubiyatga uchradi. Syurix bitimi (1859 yil 10 noyabr) ga ko’ra Pemont Avstriyadan Lombardiyani, Turin bitimi (1860 yil)ga binoan esa Frantsiya Pemontdan Savoyya va Nissani olgan.