AVSTRIYA-TURKIYA URUSHLARI

AVSTRIYA-TURKIYA URUSHLARI (16-18-asrlar) — Bolqon yarim orolning shimoliy qismi va Vengriya qirolligi hududiga egalik qilish uchun olib borilgan urushlar. Turk qo’shinlari Vena shimolni qamal qilishi (1529) bilan boshlangan. 1540-47, 1551-62, 1566-68, 1660-64 yillardagi Avstriya –Turkiya urushi natijasida Vengriya qirolligi hududi taqsimlab olindi. 1683-99 va 1716-18 yillardagi urushda Usmonli turk imperiyasi unga qarshi ittifoqchi davlatlar (Avstriya, Polsha, Venesiya, 1686 yildan Rossiya) tomonidan mag’lub etildi. Turkiya Yevropadagi katta hududlaridan ajraldi. 1737-39 va 1788-90 yillardagi Avstriya –Turkiya urushi (1735-39 va 1787-91 yillardagi Rossiya-Turkiya urushlari bilan qo’shilib ketgan) Avstriya uchun muvaffaqiyatsiz tugagan, natijada Turkiya Serbiya va Valaxiyaning bir qismini qaytarib olishga erishgan.