AVTOJIR

AVTOJIR (Avto… va lotincha gyro — aylanaman) — uchish apparatlaridan biri. Samolyotdan farqi shundaki, Avtojirda ko’tarish kuchini qanot emas, balki rotor, ya’ni havoning qarshi oqimi ta’sirida o’zidan-o’zi aylanuvchi havo vinti hosil qiladi. Ilgarilama harakat odatdagi parrakli dvigatel yordamida hosil qilinadi. Ispan muhandisi X. de la Sperva 1922 yil ixtiro qilgan. Avtojirga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo’lgan vertolyot rivojlanishi munosabati bilan Avtojir ishlab chiqarish to’xtatilgan.