AVTOKRATIYA

AVTOKRATIYA (yun. autos – o’zim, kratos — hokimiyat) — yakka shaxsning hech qanday qonun, huquqiy me‘yorlar bilan cheklanmagan yagona hokimligi. Qadimgi Sharq, Yunoniston, Rim imperiyalari, o’rta asr Yevropasi mutlaq monarxiya tuzumi, kommunistik va fashistik diktatura davrida Avtokratiya davlatning muhim belgisi bo’lgan.