Avtokratiya

Avtokratiya (yunoncha autokrateia, autos-o’zim, kratos-hokimiyat)-yakka shaxsning hech qanday qonun, huquqiy me’yorlar bilan cheklanmagan yagona hokimligi. Qadimgi Sharq, Yunoniston, Rim imperiyasi, o’rta asr Yevropasi mutlaq monarxiya tuzumi, kommunistik va fashistik diktatura davrida Avtokratiya davlatining muhim belgisi bo’lgan.