AVTOMAT LATUNI

AVTOMAT LATUNI (jezi) — qo’rg’oshinlangan latun. Qo’rg’oshin latunning avtomat stanoklarda kesib ishlanish xossasini yaxshilaydi (nomi shundan). Markasi — LS59-1, L harfi latunni, S harfi qo’rg’oshinni, 59 soni misning, 1 raqami esa qo’rg’oshinning foizda ifodalangan o’rtacha miqdorini bildiradi. Avtomat latunining kimyoviy tarkibi: mis 57-60%, qo’rg’oshin — 0,8—30%, boshqa qo’shilmalarning umumiy miqdori 0,75% gacha. Avtomat latuni chiviklar, lentalar, polosalar va listlar tarzida ishlab chiqariladi; bulardan boltlar, gaykalar, soat detallari va boshqalar ishlab chiqariladi. Avtomat latunining texnik xossalari tarkibi va holatiga bog’liq bo’ladi; mo’stahkamlik chegarasi 300-600 Mn/m2 (30-60 kg/mm2, nisbiy uzayishi — 2-50%. To’raxonov A. S, Metallshunoslik va termik ishlash, T., 1968.