Avtomobil chaqmoq urishidan qutqara oladimi?

Qattiq momaqaldiroq paytida mashina ichidagi odamni chaqmoq urmaydi, chunki avtomobil yopiq metall konteyner hisoblanadi, yerdan esa rezina shinalari orqali izolyatsiya qilingan. Fiziklar bunday konteynerni Faradey qafasi deb ataydi. Chaqmoq mashina kuzoviga ursa ham, ichida hech qanday elektr maydon hosil boʻlmaydi.

Momaqaldiroq paytida baland va yolgʻiz daraxtlar tagiga bekinish tavsiya etilmaydi, chunki koʻp hollarda chaqmoq aynan ularga uradi.

Добавить комментарий