AVTOMOBIL KRAN
AVTOMOBIL KRAN, avtokran — avtomobil shassisiga o’rnatiladigan yuk ortish-tushirish mashinasi. Ish organi burilma strela (quloch)dan iborat. Qurilish-montaj, donali yuklarni ortish-tushirish ishlarida qo’llaniladi. Ish organi elektr va suyuqlik kuchidan yoki avtomobil dvigatelidan harakatlantiriladi. Avtomobil kran 15 tonnagacha yukni ko’tara oladi, strelasining qulochi 2 — 12 metr, yukni 20 metrgacha yuqoriga ko’taradi. Avtomobil kranning turg’un bo’lishini ta’minlovchi qo’shimcha tiraklari (autrigerlari) bor.