Avtomobilni kim ixtiro qilgan?
Benzin bilan yuradigan birinchi dvigatel 1883 yilda Gotlib Daymler tomonidan yaratilgan. Bu dvigatel ikki g’ildirakli velosipedni harakatlantirgan edi. 1886 yilda Karl Bents dastlabki uch g’ildirakli avtomobilni bunyodga keltirdi, bu mashina ham benzinli motor bilan yurgizildi. Mana shu sabablarga ko’ra, Daymler va Bents tarixda avtomobil ixtirochilari deb qabul qilingan. Ularning ilk mashinasi 0,75 ot kuchiga ega bo’lib, soatiga 12 kilometr tezlik bilan yurar edi. Mashina uch g’ildirakli bo’lib, oldingi bitta g’ildirak rul boshqaruviga xizmat qilar, keyingi ikkalasi — yetakchi g’ildiraklar edi. 1886 yilda Daymler dastlabki to’rt g’ildirakli avtomobilni yaratdi, 1890 yilda esa jamiyatga «Viktoriya» va «Faeton» deb nomlangan yana ikki avtomobil modelini taqdim etdi. Daymler Bents bilan hamkorlikni davom ettirib, 1896 yilda avtomobil uchun ikki tsilindrli dvigatelning ishchi modelini yaratdi. 1901 yilda esa ular avtomobilsozlik firmasini tashkil etishdi va bu firma ishlab chiqaradigan avtomobillarning modeliga Daymlerning qizi — Mersedes nomini berishdi. O’sha, 1901 yilda fransuz muhandisi Jan Pejo ham o’zining birinchi mashinasini yaratdi. 1903 yilda esa amerikalik muhandis Genri Ford tomonidan qurilgan birinchi avtomobil zavodi avtomobillarni keng ko’lamda ishlab chiqara boshladi. Xuddi shu vaqtdan boshlab tarixda yangi bosqich, avtomobillar davri boshlandi.