AVTONOMIYA

AVTONOMIYA (yun. autos – o’zini, nomos — qonun, o’z-o’zini idora qilish) — 1) Davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish yoki davlat ichida yaxlit bo’lib yashayotan ayrim millatga keng ichki o’z o’zini idora qilish huquqini berish. Ba‘zida rivojlangan ayrim davlatlar u yoki bu hududni amaldagi mustamlaka maqomini niqoblash maqsadida Avtonomiyadan ham foydalanadilar; 2) Ma‘muriy-hududiy birlik; 3) Qandaydir organlar (xo’jalik, davlat, partiya va boshqalar) faoliyatlaridagi o’zini o’zi boshqarish huquqi.