AVTOSPORALAR
AVTOSPORALAR (Avto … va spora) — ayrim yashil suvo’tlarda hujayra ichida oddiy bo’linish yo’li bilan paydo bo’lgan yosh hujayralar (harakatchan sporalar). Avtosporalar ona hujayra ichida bir necha dona hosil bo’lib, rasmana yetiladi. Avtosporalarning koloniya bo’lib yashaydigan turlari ona hujayra ichidayoq yangi koloniyaga aylanadi. Ona hujayra yorilgach mustaqil yashay boshlaydi. Avtosporalar sirti tsellyuloza po’st bilan qoplangan.