AVTOVOKZAL

AVTOVOKZAL — shaharlararo avtobus liniyalarining oxirgi va oraliq punktlarida yo’lovchilarga xizmat ko’rsatadigan inshootlar majmui. Avtovokzal binosida yo’lovchilar zali, dispetcherlik xonasi, omonatxonalar, kasallar, bolalar xonalari va boshqalar; perronlar bo’ladi. Avtobuslar harakatini boshqarib turish uchun Avtovokzal avtosignalizatsiya, radioaloqa va televizon qurilmalar bilan jihozlanadi. O’zbekistondagi hamma katta shaharlarda Avtovokzal bor. Toshkentda «Toshkent» va «Samarqand» Avtovokzallari faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekistonda 27 ta Avtovokzal, 120 ta avtostantsiya mavjud (1999).