AVTOXTON

AVTOXTON (Yunoncha autochthon — mahalliy, shu joyga xos) (geologiya) — tektonik qoplamlar hosil bo’lishida deyarli siljimay o’z joyida qolgan burmali tuzilmalar (alloxtoning aksi). Ustini qoplagan jinslar bilan bir xil yoshda bo’lsa ham o’zaro keskin farq qiladi.