AVTOYUKLAGICH
AVTOYUKLAGICH — avtomobil va vagonlarga yuk ortish va tushirish, omborlarda yukni taxlash, sanoat korxonalarida bir tsexdan ikkinchi tsexga yuk tashish uchun ishlatiladigan mashina. Yukni tashish va uni ko’tarish uchun Avtoyuklagichlarda ochilib-yopiluvchi qamragich bo’ladi, Avtoyuklagichning qamragichi xaskashga o’xshatib ishlangan, gidravlik yoki mexanik moslama yordamida ko’tarib tushiriladi. Sochiluvchan yoki bo’lak-bo’lak yuklarni tashish uchun universal Avtoyuklagichlarning kamragichi strela va kovsh (cho’mich) bilan almashtiriladi. Avtoyuklagich yordamida 3 — 5 tonna yukni ortish, tushirish yoki taxlash mumkin.