AVUNKULAT

AVUNKULAT (lotincha avunculus — tog’a) — ibtidoiy jamiyatda tog’a va jiyanlar o’rtasidagi qavm-qarindoshlik munosabatlari. Patriarxat davrida farzandlarning ona urug’i bilan qarindoshlik aloqalari saqlangan. Avunkulatga binoan tog’a o’z jiyanining eng yaqin himoyachisi, jiyanlar esa o’z tog’asining yordamchilari hisoblangan. Jiyan o’z togasining mulkiga voris bo’lishi yoki o’z mulkini unga meros qoldirishi mumkin bo’lgan. Tog’a o’z jiyanini uylantirish yoki erga berishda muhim rol o’ynagan. Avunkulatning ayrim ko’rinishlari bizgacha yetib kelgan. O’zbekistonning ba’zi joylarida (qipchoq o’zbeklarda) shunday hollar uchraydi.