AVURSAK
AVURSAK — shoyi va atlas to’quvchilar korxonasining ipak pishitish bo’limidagi choridor va tegirmonga ulangan taxtacha (uzunligi 2 metr). Avursak ning uchidagi mix tegirmon tirnog’i (teshigi) ga solinadi. Tegirmon aylansa, Avursak ham harakatlanadi va dugdondan kelgan ipakni Choriga o’raydi. Choriga bir qator ipak to’lsa, Avursak mixi boshqa teshikka solinadi va ipak Chorining yuziga katak (to’r) shaklida uraladi.