AYGUN SHARTNOMASI

AYGUN SHARTNOMASI — Rossiya bilan Xitoy o’rtasida Aygun shartnomasida tuzilgan shartnoma (1858). Amur daryosi bo’ylab chegara chizig’i o’rnatishni belgilagan. Aygun shartnomasiga binoan, Amur daryosining so’l qirg’og’idagi yerlar (Argun daryosidan to Amurning dengizga quyilishigacha bo’lgan yerlar) Rossiyaga qo’shildi. Amo’rning Ussuri daryosigacha cho’zilib ketgan o’ng sohilidagi erlar esa Xitoyga o’tdi. Natijada Rossiya va Xitoy kemalari Amur, Ussuri va So’ngari daryolarida suzib yurish uchun teng huquqqa ega bo’ldi. Ikki mamlakat shu daryolar orqali savdosotiq qiladigan bo’ldi. Aygun shartnomasiga binoan Ussuri o’lkasi bo’ylab belgilangan chegarani Tyantszin (1858) va Pekin (1860) shartnomalari qayta tasdiqladi.