AYINSHIQ

AYINSHIQ — kiyim bezagi; qoraqalpoq bolalari kiyimiga taqiladi. Ayinshiq matodan uchburchak shaklda tayyorlanib, turli xil gulli kashtalar tikib bezatiladi, munchoqlar qadaladi. Keyinchalik unga kichkina tumorcha ham qadab qo’yish urf bo’lgan. Ayinshiq qadimdan yosh bolalar yelkasiga taqilgan. O’tmishda qoraqalpoq ayollari ham Ayinshiqdan bezak sifatida foydalangan.