AYIRBOSHLASH SHARTNOMASI
AYIRBOSHLASH SHARTNOMASI — mulk qilib olish va topshirish majburiyati ifodalangan shartnoma. Bunga ko’ra, har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirib beradi. Ayirboshlash shartnomasiga nisbatan tegishincha oldi-sotdi to’g’risidagi qoidalar qo’llaniladi. Bunda har qaysi taraf almashtirish yo’li bilan topshirish majburiyatini olgan tovar sotuvchi va qabul qilish majburiyatini olgan tovarni sotib oluvchi hisoblanadi (O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi, 497-modda).