AYLANMA NAQSH

AYLANMA NAQSH — doira, halqa, aylanma shakllar asosida tuzilgan o’simliksimon naqsh; band, barg, gulcha va boshqalardan tashkil topgan, chirmashgan gulchambar ko’rinishiga ega. Amaliy bezak san’atida, ayniqsa, Xivada aylanma islimiy nomi bilan mashhur. Yog’och, ganch, tosh, mis va boshqa buyumlar bezagida keng qo’llaniladi.