Barcha qizlar kuchli erkaklarga nozkarashma qilishni yaxshi ko’rishadi.
Uchtadan ortiq qizlar bir joyga yig’ilsa, suhbat erkaklar haqida borar ekan.
Chiroyli qizlar tezda xafa bo’lishni usta bo’lishadi, siz hatto nima bo’lganligini ham bilmay qolishingiz mumkin.
Qizlardan qo’lini ko’rsatishni iltimos qilsangiz, manikyurini maqtanish uchun kaftini pastga qilgan holda, tirnoqlarini ko’rsatadilar.
Ayollar bir vaqtning o’zida bir nechta ishlar qilishi mumkin, masalan, tirnoqlarni bo’yashi, serial ko’rishi, telefonda gaplashishi mumkin.
Ayollar ko’zlarini chiroyli va bir xil bo’yash uchun ayollar og’zilarini ochib bo’yashar ekan.
Qizlar bilan qo’l berish salomlashganda agar ular sizni tanimasa ular qo’lni siqib salomlashmas ekan.
Esnagan qizlar og’zini erkaklar kabi musht bilan emas, kafti bilan ochiq holatda yopishar ekan.
Chiroyli qizlar qo’llari band bo’lishini yoqtirishar ekan, shuning uchun aksariyat qizlar qo’llarida sumkachalari bilan yurishadi.
Erkaklar soat 19 ga uchrashuv tayinlangan bo’lsa, qizlar ertalabdan bu uchrashuvga tayyorlanishadi va shunda ham kech qolishlari mumkin ekan.
Ayollarning his-tuyg’ulari yaxshi rivojlangan bo’lib, ular erlari do’stlari bilan futbol ko’rgani yoki ishda ushlanib qolganligini aniq sezishar ekan.
Chiroyli, kelishgan sizga qarab: “Siz yaxshi do’stsiz”, — desa, sevgi munosabatlari haqida unuting.
Ayollar erkaklarning kambag’alliklarini, soch-soqoli olinmaganligini qabul qilishlari mumkin, lekin hazilkash bo’lmagan erkaklarni qabul qilishlari qiyin ekan.
Ayollar uchun xotirada qoladigan sanalar muhim hisoblanadi, hatto bu kun hayolingizda bo’lmasa ham, sizga eslatishdan charchamaydilar.
Ayrim qizlar munosabatlari yakuniga yetayotgan vaqtda kundalik tutish odatlari bor ekan.
Ayollar kompyuter o’ynashingizni, futbol, do’stlar davrasida va ayolingizga sarflanmagan barcha ishlaringizni yomon ko’rishar ekan.
Ayollarning kechirgan narsalari katta janjal paytida sizga qayta eslatishlari bor gap.
Soch turmaklari, manikyur, yuz pardozlari, o’zi uchun emas, sevgan insoni uchun qilinar ekan.
Qizlar sizning internet sahifangizga sizdan ko’proq kirishar ekan. Xudo ko’rsatmasin, biron-bir qizga layk bosib qo’ysangiz, holingizga maymunlar yig’laydi.
Qizlar sevgan insonidan 1 ta atirgul olsalar, boshlari osmonga yetar. Yoqtirmagan kishisi 101 atirgul sovg’a qilsa ham, ayb topar ekan.
Qizlar sevgani bilan janjallashib qolsalar, birinchi navbatda dugonasiga telefon qilishar ekan.
Har bir qiz o’zini semiz deb hisoblashar ekan. Shu sababli, bir yilda bir marotaba parxez qabul qilishar ekan.
Hamma qizlar maqtovni yaxshi ko’rishadi. Bir kun ichida bitta ham maqtov eshitmasalar, tushkunlikka tushib qolishlari aniq holat.
25 yoshli qizlar o’zlaridan bir necha yosh yigitlar bilan munosabat qurishmas ekan. Ularga asosan o’zlaridan bir necha yosh kattalar qiziqroq bo’ladi.
Ko’pchilik qizlar eng yoqtirgan yigitlarining maktublari, smslari va shu kabi narsalarini saqlab yurishadi va vaqti-vaqti bilan o’qishar ekan.
Aksariyat qizlar pardoz-andoz anjomlarini ishlatmasalar ham, uylarida saqlashni yaxshi ko’rishar ekan. Vaqti-vaqti bilan ishlatib ko’rishlari ham mumkin.
Munosabatlar tugagandan keyin deyarli barcha qizlar tuni bilan yig’lab chiqishar, bu yig’lashlar yillarga ham cho’zilishlari mumkin ekan.
Chiroyli qizlar bir razmer shim sotib olishlarining sababi, ozish uchun ularda motivatsiya payti bo’larkan.
Ko’pchilik qizlar hech bo’lmagan bir marta bo’lsa ham sigaret chekib ko’rishgan ekan. Lekin bu haqida hech qachon tan olishmaydi.
Erlik ayollar dugonalari bilan asosiy suhbatlar erlari bilan bo’ladigan aloqalari haqida bo’lar ekan.
Ayollar erlarini tez-tez qahramonliklarini tekshirib turishni yaxshi ko’rishar ekan.
Ba’zi ayollar erkaklar va ayollar do’st bo’la oladi deb o’ylashar ekan, shu bilan birga qachondir bu do’stlik sevgiga aylanishiga umid qilishadi.
Ayollar erkaklarga qaraganda 2 marta ko’proq ko’zlarini pirpiratishar ekan.
Ba’zi ayollarning miyasi erkaklarnikiga qaraganda 10 foizga, hajm jihatdan kichikroq bo’lishar ekan.
Ayollar goroskoplar, folbinlar, ob-havoga ishonishlarining sabablari, keyin aybni boshqalarning bo’yiga qo’yishga osonroq bo’lishi uchun ekan.
Ayollarning yangi sochturmaklarini ko’rmay qolsangiz yoki maqtamasangiz sizdan ancha vaqtgacha xafa bo’lib yurishlari mumkin ekan.
Qizlar o’zlariga kerak bo’lgan bloknotni usti chiroyli bo’lganligi uchun sotib olishlari mumkin ekan.
Katta yoshdagi ayollarni bodi-bilding bilan shug’ullangan muskulli erkaklar qiziqtirmas ekan.
Qizlar g’amgin kinolarni yaxshi ko’rishar, yig’latadigan sahna ko’rinishlarida to’yib yig’lashni yoqtirishar ekan.
Ayollarning kayfiyati yo’qligida u bilan gaplashmagan to’g’ri bo’ladi. Eng to’g’ri yo’l ularning yonida bo’lish, bag’ringizga bosish.
Qizlar jahldor, kuchli erkaklarni yaxshi ko’rishar ekan. Oila qurish uchun ko’ngli toza, yaxshi insonlarni tanlaydilar.
Qizlar hayvonlarga ozor beradigan insonlarni juda-juda yomon ko’rishadi. Aksariyat qizlar texnika, kompyuter tilini tushunmas ekan, lekin bu hamma qizlar degani emas.
Erkak kishi qo’lidan biron narsani ta’mirlash qo’lidan kelsa, qizning bu erkakka hurmati yana ham oshadi.
Erkak qiz bilan uchrashganda, qiz birinchi o’ylaydigan narsasi, ular orasidagi to’y qanday o’tishi, bolalari kimga o’xshashini tasavvur qilishar ekan.
Ayolingizni yarim yil ichida birinchi marta pardozsiz ko’rdingizmi? Demak, u sizga to’liq ishonishni boshlagan bo’ladi.
Ayollar ko’p vaqt jim turishsalar, demak oldinda sizni janjal kutmoqda.
Ayollar avtomobilni erkaklarga nisbatan ehtiyotkor haydashar ekan. Sababi, ular jonini saqlab qolishi, instinkti kuchli rivojlangan.
Ayollar erkaklarga ko’ra, ko’proq ranglarni ko’ra olishar ekan.
Ayollar umrlari davomida o’rtacha 2 kilogrammgacha pamadani yeb qo’yishar ekan.
Qizlar hurmat qilishlarini, qadrlashlarini, qo’llarida ko’tarishlarini va ko’pincha maqtovlar eshitishni xohlashadi.