AYRIBOBO CHO’QQISI

AYRIBOBO CHO’QQISI — O’zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi Ko’hitangtov tizmasining suvayirg’ich qismidagi cho’qqi. O’zbekiston bilan Turkmaniston chegarasida. Balandligi 3139 metr. Ayirbobo cho’qqisi Ko’hitangtovning eng baland joyi. Ayirbobo cho’qqisining aksari qismini nurashga chidamli argillit va alevrolitlar hamda qumtoshlar tashkil etgan. Cho’qqi nayzasimon shaklda. Ayirbobo cho’qqisi Ko’hitangtov-Surxon qo’riqxonasi hududiga kiritilgan.