AYRIM-AYRIM QAZIB OLISH

AYRIM-AYRIM QAZIB OLISH — qatlam-qatlam joylashgan foydali qazilmalar va ular orasida uchraydigan befoyda tog’jinslari qatlamlarini bir-biriga aralashtirmay qazib olish usuli. Qazib olinadigan foydali qazilma boyitilmagan holda iste’molchining standart kondisiyasiga to’g’ri kelsa va foydali qazilma olingan joy o’rniga befoyda tog’jinsini sig’dirish mumkin bo’lgan hollarda bunday usul ma’qul hisoblanadi.