AYRISIMON BEZ

AYRISIMON BEZ (buqoq bezi, timus) — umurtqali hayvonlar va odamda kekirdakning o’ng va chap yonida joylashgan bo’lakchalardan iborat bez. Yoshlik (o’smirlik) davrida yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi. Qon hosil bo’lishida (bunda Ayrimon bezdan limfositlar vujudga keladi), organizmning o’sishi va umumiy rivojlanishida, immunitet yuzaga kelishida ishtirok etadi.