AYUPOV SHAVKAT ABDULLAYEVICH
AYUPOV SHAVKAT ABDULLAYEVICH (1952.14.9, Toshkent) — matematik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari Doktori (1983), professor (1985). Ayupob T. Lyulovning o’g’li. Toshkent davlat universitetining matematika fakultetini tugatgan (1974). ToshDU da o’qituvchi (1977-79) va O’zbekiston Fanlar Akademiyasi matematika institutida katta ilmiy xodim (1979-88), algebra va analiz bo’limi mudiri (1986 yildan), direktor o’rinbosari (1986 — 92), direktor (1992-97). 1997 yildan O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi. Asosiy ilmiy ishlari funktsional analiz va uning zamonaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan operatorlar algebralari nazariyasiga oid. Ayupov Yordan algebralari soxasida ham nazariy, ham tatbiqiy yo’nalishda yirik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Gilbert fazosidagi o’z-o’ziga qo’shma operatorlar yordan algebrasi tuzilishi va qurilishi bo’yicha muhim natijalar oldi. As: klassifikasiya i predstavlenie uporyadochenno’x yordanovo’x algebr, T., 1986.