AZIL MADANIYATI
AZIL MADANIYATI — Frantsiya va Pireneya yarim orolining shimoliy qismida mezolit davrining boshida yashagan kabilalar madaniyati. Frantsiyaning Janubidagi (Arej departamenti) mas-D’azil g’ori nomi bilan atalgan. 1887 yil frantsuz olimi E. Pet olib borgan qazishlar natijasida mazkur g’ordan yuqori paleolit davrining oxiridan to Rim davrigacha bo’lgan ko’pgina madaniy yodgorliklar topilgan. Ular orasida chaqmoqtoshdan yasalgan doirasimon qirg’ich va boshqa tosh qurollar bor. Ishlanishi jihatidan yuqori paleolit qurollaridan farq qiladigan bug’u suyagidan yasalgan mingdan ortiq sanchqi (garpun) topilgan. Bulardan mezolit davriga tegishlilari Azil madaniyatiga oid. Bu madaniyat qabilalari jamoa bo’lib yashagan, ovchilik va baliq ovlash bilan shug’ullangan.