AZIMBOY MISKAR

AZIMBOY MISKAR (19-asr o’rtalari) — qo’qonlik hunarmand. Usta Mulla, «Katta miskar» nomlari bilan Farg’ona vodiysida Shuhrat qozongan. Azimboy yasagan chilim, qumg’on, dastsho’, oftoba va boshqa buyumlar O’zbekistondagi muzeylarga qo’yilgan.