AZINLAR
AZINLAR — tarkibida azot, ikki yoki undan ko’p sonli va turlicha jinsli atomlari bo’lgan olti hadli geterosiklik birikmalar. Boshqa halqa tizimlari bilan kondensatlashgan juda ko’p Azinlar ma’lum, Azinlar asos xossasiga ega bo’lib, kislotalar bilan ta’sirlanganda tuzlar hosil qiladi. Ba’zi Azinlar tirik organizmlarda uchraydi. Hujayraning tarkibiy qismi bo’lgan nuklein kislotalarda Azinlarning hosilalari — pirimidin va purin asoslari bor. Azinlar tibbiyotda va bo’yoq sanoatida ishlatiladi.