AZOT XLORIDLARI
AZOT XLORIDLARI — azot bilan xlorning o’zaro hosil qilgan birikmalari. Ular ammiak (NH3) va azoimid (N1M3) dagi vodorod atomlarining xlor atomiga almashinuvi natijasida hosil bo’ladi. Azot (111)-xlorid (NC13) beqaror (portlovchi), sariq rangli, o’tkir hidli moysimon modda. Nafas yo’llarining shilliq pardasiga ta’sir etadi. Xlor azid (C1N3) esa rangsiz, nihoyatda beqaror suyuqlik. Kuchli portlovchi; suv ta’sirida gidrolizlanib ajraladi.