AZOV BO’YI QIRLARI
AZOV BO’YI QIRLARI — Ukrainaning Janubiy-sharqidagi qirlar. Donesk shahri yaqinida Donesk qirlari bilan tutashadi. Mutlaq balandligi 324 metr. Yerr yuzasi lyossimon jinslar bilan qoplangan, zaminida kristall jinslardan tarkib topgan fundament yotadi. Ko’p qismi haydalgan. Yon bag’irlarida unda-bunda betagachalov o’simliklari bilan qoplangan joylar uchraydi. Kaolin, temir rudasi, grafit, nefelinli sienit, qurilish materiallari bor. Azov bo’yi qirlarida Ukraina dasht qo’riqxonasining filiali joylashgan.