AZOV FLOTI
AZOV FLOTI — Rossiyada 1695 yilning oxirlarida Qrim xonligi va Turkiyaning qora dengiz bo’ylaridagi yerlarini bosib olish uchun tashkil qilingan. Flot kurishda asosiy markaz qilib Voronej shahri tanlandi. Harbiy kemalarning birinchi yurishi 1696 yilning 3 mayida Voronejdan boshlandi. Azov shahrini ishg’ol qilishda Azov floti hal qiluvchi rol o’ynadi. Taganrog Azov floti bazasi bo’lib qoldi. Admiralteystvo Azov sohilidagi Tavrovga ko’chirildi. 1696— 1711 yillarda 215 kema qurildi. Prut yurishi (1711)dan keyin turklar Azovni yana qaytarib oldilar. Azov floti tor-mor qilindi.