BACHKI

BACHKI — 1) o’simlik ildizidagi kurtaklardan yoki tana ostidan o’sib chiqadigan novdalar. Bachkilarning o’sib chiqishi tabiiy vegetativ ko’payishning bir usulidir. Yantoq, pechak, olcha, olvoli, terak, qayrag’och, bo’ztikan Bachkilar orqali ko’payadi. Bunday ko’payishda o’simliklarning tuproq orasidagi poyasi bilan birga ildizlari ham kurtaklanib, poya chiqaradi; 2) ustki kiyim (chopon, chakmon, yaktak va boshqalar) ning tagi tor kelganda oldi va orqa qismi orqasiga kiritiladigan uloq.