BADAXOS
BADAXOS — Ispaniya Janubi- g’arbidagi shahar, Estremadura Muxtor viloyatida, Gvadiana daryosi sohilida. Badaxos provintsiyasi ma’muriy markazi. Portugaliya chegarasidagi tranzit punkt. Aholisi 128 ming kishi (1990). Ko’nteri sanoati rivojlangan. Vinochilik, to’qimachilik, chinni buyumlar ishlab chiqarish korxonalari bor. Sobor (13-asr) va 32 ravoqli Palmas ko’prigi (16-a.sr kabi me’moriy yodgorliklari saqlangan.
O‘xshash so‘zlar
- BADAXSHON
- Badaxshon o’lkasi haqida eshitganmisiz?
- BADAY
- BADAYEV NIKOLAY DMITRIYEVICH
- BADAYTO’QAY DAVLAT QO’RIQXONASI
- BADBO’YLAR
- BADE SAMARQANDIY
- BADEN









