BADAY

BADAY — urug’ nomi. Asosan Xiva xonligi hududida yashab, Amudaryo bo’ylarida chorvachilik bilan shug’ullangan. 19-asrning birinchi choragida Surxon vodiysiga, Bekoboddan Zomin dashtlarigacha tarqalgan. Qoraqalpog’istonning Beruniy tumani shimoli-g’arbida, Amudaryoning o’ng qirg’og’ida uzunligi 20 kilometr, eni 4-5 kilometr bo’lgan to’qayni hozir ham Badayto’qay deyishadi.