BADEN
BADEN — Germaniyaning Janubiy- g’arbidagi tarixiy viloyat. 11 — asrdan — markgraflik (markgraflar qarorgohi — Baden-Baden shahri). 1535 yil u ikkiga: Baden-Baden (katolik) va Baden-Durlax (1556 yildan protestant) ga ajralgan. 1771 yil Karl Fridrix (1738-1811) davrida ikkala markgraflik Birlashgan (markgraf qarorgohi — Karlsrue). 1806— 1918 yillarda buyuk gertsoglik, so’ngra Germaniya yeri; 1951 yil oxiridan Baden-Vyurtemberg yerining bir qismi.