BADIIY AKADEMIYALAR
BADIIY AKADEMIYALAR – nafis san’at masalalari bilan shug’ullanadigan ilmiy-ijodiy markazlar (asosan davlat muassasalari), shuningdek oliy (ba’zan xususiy) badiiy o’quv yurtlari O’zbekiston hududida qadimda nafis san’at ijodkorlarini uyushtirgan turli markazlar bo’lgan. Temuriylardan Husayn Boyqaro davrida (15-asr) Hirotda 40 dan ortiq san’atkorlarni uyushtirgan kutubxona keyinchalik mutaxassislar tomonidan «Nigorxonai Bexzod» yoki «Bexzod akademiyasi» deb atalgan. Yevropada badiiy akademiya dastlab Italiyada antik san’at, Uyg’onish davri san’atkorlarining uslublarini o’rganish uchun to’plangan rassomlarning erkin uyushmasi tarzida maydonga kelgan (16 — asr). Birinchi Badiiy akademiyalar Parijda (Qirollik B.A., 1648), keyinchalik Vena (1692), Berlin (1694), London (1768) da va boshqalar. Yevropa davlatlari saroylari qoshida, Rossiyada 1757 yil tashkil etilgan. O’zbekistonda zamonaviy shakldagi Badiiy akademiyalar 1997 yil O’zbekiston Prezidenta=i farmoniga binoan tashkil etildi.