Bagis qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Bagis qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Toshkent oblasti Orjonikidze rayonida, Farg’ona vodiysida ham uchraydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha Bagis yoki Bagish qirg’iz urug’laridan birining nomi bo’lib, los (bulan) demakdir. E.Murzayevning ko’rsatishicha bag, bak geografik termin bo’lib, “cho’qqi, yuqori manba” degan ma’noda qo’llaniladi. Bagis toponimi shu termin asosida yuzaga kelgan bo’lishi mumkin. O’zbekistonda uchraydigan Poy bagish (Poy bagis “cho’qqi oldidagi qishloq”), Cho’ng bag’ish (“katta cho’qqi”) kabi toponimlarning mavjudligi buni yana bir karra isbotlaydi.



