BAHO

BAHO (baho berish) (falsafada) — ijtimoiy hodisalar, inson faoliyati, xulqiga bo’lgan munosabat, ularning ahamiyatini, muayyan axloq me’yorlari va tamoyillariga mosligini ko’rsatish (ma’qullash yoki qoralash, rozi bo’lish yoki tanqid qilish va shu kabilar). Insonning ijtimoiy mavqei, dunyoqarashi, madaniy saviyasi. aqliy va axloqiy kamoloti bilan belgilanadi. Boshqa tomondan esa, qilingan harakat sabablari, vositalari va maqsadlarini, uning qanday sharoitda bajarilganligini, shaxs xulqidagi o’rnini hisobga olish bu shaxsga to’g’ri Baho berishning zarur shartidir.