BAHORGI TENG KUNLIK
BAHORGI TENG KUNLIK – Quyosh osmon sfsrasining Janub yarim sharidan Shimoliy yarim shariga o’tishida osmon ekvatorini kesish nuqtasi. Quyosh Bahorgi teng kunlikda bo’lganda yer yuzidagi hamma geografik kenglamalarda Sharq nuqtasida chiqib, G’arb nuqtasida botadi. Bu har yili 21 mart atrofida sodir bo’ladi. Bunda ufq tekisligi osmon ekvatorini teng ikkiga bo’ladi. Shuning uchun Bahorgi teng kunlik paytida Quyoshning ufq ustidagi va ostidagi yo’llari bir-biriga teng bo’ladi, ya’ni kun bilan tunning uzunligi (davomiyligi) tenglashadi.