BAHOULLO
BAHOULLO (asl ismi Mirzo Husayn Ali nuri) (1817 — 1892) – bahoiylik asoschisi. Bobiylik harakatining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan, Bobiyning yaqin safdoshlaridan. Bobiylarning Eron shohiga uyushtirgan suiqasdi muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin Bahoullo Iroqqa qochgan (1852), bu yerda o’zini bob ishini davom ettiruvchi va Xudodan vahiy olgan Mahdiy deb e’lon qilgan. 1858 yilda Bag’dodda chiqkan «Kitobi iyqon» («Ishonch kltobi») asarida bob ta’limotiga bo’lgan munosabatini aks ettirgan. 1873 yilda Falastinda «Kitob al-Aqdas» («Eng muqaddas kitob») asarini yozadi, unda bahoiylik ta’limotining asosiy g’oyalarini bayon etadi. Keyinchalik Bahoullo o’z ta’limotini davom ettirishni katta o’g’li Abbos afandiga (taxallusi Abdulbaho, 1920 yil vafot etgan) vasiyat qiladi. Uning avlodlari hamon o’z g’oyalarini targ’ib etmoqdalar.