BAHRIN, TUNDRA LOCHINI, OQ YUZ LOCHIN

BAHRIN, TUNDRA LOCHINI, OQ YUZ LOCHIN (Falco peregrinus leuco-genys) — lochinlar kenja turidan biri. Yirtqich qushlar turkumining lochinsi-monlar oilasiga mansub. Sharqiy yarim shardagi tundrada va shim. Muz okeanidagi orollarda uya quradi. Qishlash uchun Janubga uchib ketadi. O’zbekistonda Toshkent vohasi va Fargona vodiysida bahor va kuzda (uchib o’tayotganda), ba’zan qishda ham uchraydi. Daryo qirgoqlarining baland joylariga uya qurib, mayning oxiri va iyunning boshida bola ochadi. Qushlarni tutib yeydi. Tundra sharoitida ba’zan kemiruvchilar bilan ham oziqlanadi. Ovchilar Bahrinni qo’lta o’rgatib, qush ovlashga olib chiqishadi. Bir qator mamlakatlarning qizil kitobiga kiritilgan.