BAHROM GO’R

BAHROM GO’R yoki Varaxran V(shohlik yillari 421 — 438) — Eronda hukmronlik qilgan sosoniylardan Yazdigardning o’g’li. Yaman podshohi Nu’mon va uning o’g’li munzir tarbiyasida o’sgan. Yazdigard zulmidan bezor bo’lgan xalq u vafot qilgandan so’ng Ardasher nasliga mansub Kisro (ba’zi manbalarda Xisrav, Xusrav)ni taxtga ko’taradi. Bu voqeadan xabar topgan Baxrom lashkar tortib Eronga keladi. U otasining xatolarini takrorlamaslik va mamlakatda adolat, tinchlik o’rnatishga o’z a’yonlari va xalq oldida qasamyod qiladi. An’anaviy shartga muvofiq ikkita sherni o’ldirib, ular o’rtasidagi tojni oladi va podshoxlik taxtiga o’tiradi. Uning sevgan mashg’uloti go’r (qulon) ovi bo’lganligi uchun ham u go’r laqabini olgan. Bahrom go’r davrida Eronda zardushtishshk dinini mustahkamlash va keng yoyish maqsadida yangi-yangi otashkadalar qurildi. Nasturiylik (xristianlikdagi oqimlardan biri) qattiq ta’qib ostiga olindi. Bu harakat Eron-Vizantiya urushini keltirib chiqardi (423 — 424). Urushda Vizantiyaning g’alabasi nasturiylikka qarshi qaratilgan siyosatni bir oz su-aytirdi. Bahrom go’r Turon bilan ham urush olib borgan. 5-asrning 30-yillarida Ozarbayjon va Xuroson sosoniylar davlatiga qo’shib olindi. Bahrom go’r shoir va bastakor-sozanda ham bo’lgan. U sosoniylar orasida birinchi bo’lib she’r va musika vaznini ijod etgan. Sharqning mashhur olti musika usuli (Shodiyona, Duyan, Axloqiy, Nanreziy, Ravona, ulusiy)dan eng sho’x va quvnog’i — Shodiyonaning bastakori. Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Haft paykar», Xisrav Dehpaviyning «Hasht big’isht» va Alisher Navoiynnng «Sab’ai say-yor» dostonlarida Bahrom go’r adolatli shoh, jasur sarkarda, ayni vaqtda maishatparast, xudbin shaxs sifatida tasvirlangan. Ma’lumotlarga ko’ra, Bahrom go’r 63 yil (ba’zi manbalarda 70 yil) umr ko’rgan. Yozma adabiyotda uiing shaxsi badiiy obraz darajasiga ko’tarilgan.