BAHROM JALOYIR
BAHROM JALOYIR (7-1373) Chig’atoy ulusi beklaridan, Jaloyir urug’idan. 1361 yil oxirida Amudaryo bo’yida Amir Temur qo’shini safiga kelib qo’shilgan. Lekin Jeta xoni Tug’luq Temurdan hayiqib Hindistonga qochgan. 1362 yil Badaxshonda yana Amir Temurga kelib qo’shilgan va bir muddat mo’g’ullarga qarshi kurashlarda qatnashgan, biroq 1365 yil oxirida butun urug’ini olib Jetaga ketgan. U yerda bir yilcha turgach, yana Amir Temur huzuriga qaytib u bilan birga Amir Husaynga qarshi kurashgan. 1373 yil Xorazmga qilingan ikkinchi yurish chog’ida halok bo’lgan.