BAKTERIAL FILTRLAR
BAKTERIAL FILTRLAR — suyuqliklarni suzib (filtrlab) bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlardan tozalash uchun qo’llaniladigan har xil apparatlar. Ular vakuum ta’sirida ishlaydi. Shisha, kaolin, tsellyulozadan tayyorlanadi. Isitib bo’lmaydigan suyuqliklar (dorilarning eritmalari, zardoblar va boshqalar) ni sterillash, daryo va havzalar suvidagi mikroorganizmlarni aniqlashda foydalaniladi.